Google 2016-yil aprelidan boshlab Windows XP va Vista uchun Chrome veb-brauzerini hamda Apple OS X 10.6, 10.7 va 10.8’ning eski versiyalarini qo‘llab-quvvatlash tugatilganini e’lon qildi. Ushbu operatsion tizimlar uchun veb-brauzer endi yangilanmaydi va xavfsizlik tuzatishlarini olmaydi. Shunday qilib, eskirgan Windows XP foydalanuvchilari ikki marta zarbaga duchor bo’lishadi, ular nafaqat OS uchun, balki Chrome veb-brauzerida ham yangilanishlarni ko’rmaydilar.
Ushbu chora foydalanuvchilarga tegishli xavfsizlik darajasini ta’minlay olmaydigan eskirgan OS versiyalaridan voz kechish uchun yana bir rag’batdir. Windowsning eski versiyalarida zamonaviy o’rnatilgan xavfsizlik funksiyalari mavjud emas va hali ham Microsoft tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan Windows Vista foydalanuvchilari Internet Explorer ning 10 va 11 kabi zamonaviy versiyalaridan foydalana olmaydi.